IKPU kodlari
IKPU kodi va o‘lchov birligisiz fiskal chek o‘tmaydi. Ularni barcha tovarlar uchun bir marta sozlang, keyin esa har bir yangi tovar uchun.
Qadamlar
- Poster’ning o‘ng yuqori burchagidagi ☰ menyu tugmasini bosing.
- «Настройки интеграции» (ARCA logotipi bilan) bo‘limini oching.
- «Коды ИКПУ» ni bosing — Poster’dagi barcha tovarlar ro‘yxati ochiladi.
- «Код» maydoniga tasnif.soliq.uz saytidagi 17 xonali IKPU kodini qo‘ying. Avtomatik saqlanadi.
- Ma’lumotnomadagi nom o‘zi chiqadi. «ИКПУ не найден» yozuvi — kod xato kiritilgan.
- «Ед.изм.» maydonida o‘lchov birligini (qadoq kodini) tanlang.
- Tovar markirovkalanadigan bo‘lsa, «Марк.» ni belgilang: sigareta, alkogol, pivo, suv, sharbat, dori.

IKPU kodlari bilan tovarlar ro‘yxati
E’tibor bering
Birinchi ikki qator — «Обслуживание» va «Доставка»: xizmat foizi yoki yetkazib berish olsangiz, ularga ham IKPU kodini kiriting.
Maslahat
Kodsiz tovarlarni topish uchun «ИКПУ» filtrida «Нет» ni tanlang. «Ед.изм.» va «Марк.» filtrlari ham shunday ishlaydi. «Сброс» yana hamma tovarlarni ko‘rsatadi.
Maslahat
«Экспорт» ro‘yxatni Excel’da ochiladigan CSV faylga saqlaydi.
Bo‘lmadimi?
Telegram’dagi yordam guruhingizga yozing: nima qilayotgan edingiz, xato matni va ekran surati. Batafsil — To‘lov va yordam sahifasida.
