Z-hisobot: smenani yopish
Z-hisobot kassa apparatidagi fiskal smenani yopadi. Uni bir marta — ish kuni oxirida qiling.
Qadamlar
- Barcha ochiq buyurtmalarni yoping va qaytarishlarni o‘tkazing.
- Архив чеков ni tekshiring: barcha cheklarda yashil nuqta bo‘lishi kerak.
- Poster’ning o‘ng yuqori burchagidagi ☰ menyu tugmasini bosing.
- «Настройки интеграции» (ARCA logotipi bilan) bo‘limini oching.
- «Z-отчет» ni bosing.
- «CloseZReport: Успешно!» — smena yopildi, Z-hisobot apparatda chiqadi.
- Shundan keyin Poster’da kassa smenasini odatdagidek yoping.

Smena yopildi
Muhim
Kun o‘rtasida «Z-отчет» ni bosmang — apparatdagi smena yopilib qoladi.
Bo‘lmadimi?
Telegram’dagi yordam guruhingizga yozing: nima qilayotgan edingiz, xato matni va ekran surati. Batafsil — To‘lov va yordam sahifasida.
