ARCA POSTER aktivlashtirilmagan
ARCA POSTER har bir kassa uchun obuna asosida ishlaydi. Faol obuna bo‘lmasa, cheklar kassa apparatiga yuborilmaydi.
Xato qanday ko‘rinadi
ARCA.Не активирован!ARCA POSTER не активирован для данной кассы!

«Настройки интеграции» dagi xabar
Nega bunday bo‘ladi
- Obunaning to‘langan muddati tugagan.
- Kassa yangi va hali aktivlashtirilmagan.
Qanday tuzatiladi
- Telegram’dagi yordam guruhingizga muassasa va kassa nomini yozing — To‘lov va yordam ga qarang.
- To‘lov yoki aktivatsiyadan keyin ☰ → «Настройки интеграции» ni oching.
- «Проверка подкл.» ni bosing — ARCA aktivatsiyani qayta tekshiradi va xabar yo‘qoladi.
Maslahat
Obuna tugashidan bir necha kun oldin ARCA «Осталось N дней до окончания активации» eslatmasini ko‘rsatadi. Ish to‘xtab qolmasligi uchun oldindan to‘lang.
Bo‘lmadimi?
Telegram’dagi yordam guruhingizga yozing: nima qilayotgan edingiz, xato matni va ekran surati. Batafsil — To‘lov va yordam sahifasida.
