Markirovkali tovar sotish
«Марк.» belgisi qo‘yilgan tovarlar (sigareta, alkogol, pivo, suv, sharbat) uchun chekka qadoqdagi DataMatrix markirovka kodini qo‘shish kerak.
Qadamlar
- Markirovkali tovarni chekka qo‘shing va «Оплатить» ni bosing.
- ARCA eslatadi: «Для продукта … не указана маркировка!». «OK» ni bosing — «Маркировка товаров» oynasi ochiladi.
- Tovar qarshisidagi «Маркировка» maydoniga bosing.
- Qadoqdagi DataMatrix kodini skanerlang — kod maydonda paydo bo‘ladi.
- «Сохранить» ni bosing.
- To‘lov turini tanlang va «Оплатить» ni bosing — kodlar fiskal chekka ketadi.

Skanerlangan kod bilan «Маркировка товаров» oynasi
E’tibor bering
Tovar bir nechta bo‘lsa — har biri uchun alohida qator bor. Har bir qadoqni skanerlang.
Maslahat
Markirovka oynasini oldindan ham ochish mumkin — to‘lov ekranidagi «Маркировка» tugmasi bilan.
Muhim
Maydon qizil bo‘ldi: «Маркировка не соответствует штрих коду» — boshqa tovar skanerlangan; «Дублирование маркировки» — bitta qadoq ikki marta skanerlangan.
Bo‘lmadimi?
Telegram’dagi yordam guruhingizga yozing: nima qilayotgan edingiz, xato matni va ekran surati. Batafsil — To‘lov va yordam sahifasida.
